Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Madaniyat MFYda yashovchi 25 yoshli M.B. o‘zining uyida, kuchli portlovchi pirotexnika vositalarini qo‘l bola usulda tayyorlayotgani aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan 100 dan ortiq yelim (santexnika) quvur bo‘laklari va bir nechta idishda ushbu vositani yasash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar, dazmol va boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro M.B. ushbu pirotexnika vositalarini tayyorlashda foydalangan moddasini Bektemir tumani Yangiobod bozoridan, o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsdan 130 ming so‘m evaziga sotib olganligi, so‘ng unga o‘zining tomorqasida foydalanish uchun saqlayotgan amiyak selitrasi va bir necha boshqa moddalarni qo‘shib tayyorlagani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.