Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kun tarixi – 10 aprel

1841 yil - «New York Tribune» gazetasining birinchi soni chop etildi.

1912 yil – Sautgempton portidan “Titanik” layneri birinchi va so‘nggi bor yo‘lga chiqdi.

 1925 yil – Saritsin shahri Stalingrad deb atala boshlandi (hozirgi Volgograd).

1944 yil – Odessa operatsiyasi davomida shahar nemis ishg‘olidan halos bo‘ldi.

1972 yil – Bakteriologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risida xalqaro Konvensiya imzolandi.

1979 yil – Bolgariyalik birinchi kosmonavt Georgiy Ivanov samoga parvoz qildi.

1988 yil – 10 yillik qurilishdan so‘ng Yaponiyadagi Xonsyu va Sikoku orollarini bog‘lovchi 9 kilometrlik Seto ko‘prigi ochildi.