Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kun tarixi – 15 aprel

Xalqaro madaniyat kuni.

Gruziya – Muhabbat kuni.

Qozog‘iston – Sevishganlar kuni.

Hindiston (g‘arbiy Bengaliya) – Yangi yil.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

1877 yil – Italiyalik ixtirochi Enriko Forlanini havoga yasama vertolyot bilan ko‘tarilgan.

1891 yil – Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini  jamoatchilikka e’lon qildi.

1912 yil – Atlantika okeanida birinchi reysidayoq aysbergga to‘qnashgan “Titanik” yo‘lovchi tashish poroxodi cho‘kdi. 1496 odam halok bo‘ldi.

1924 yil – AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi.

1928 yil – Tojikistonda arab alifbosidan lotin grafikasiga o‘tildi.