Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kun tarixi – 18 aprel

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni.

YuNESKO –
Xalqaro obidalar va tarixiy joylar kuni.

Zambabve – Mustaqillik kuni (1980 yil).

Eronda – Eron armiyasi kuni.

1791 yil – Angliya parlamenti Afrika koloniyalarida qullikni taqiqlashdan voz kechdi.

1793 yil – birinchi gazeta nashrlari Yuqori Kanadada chiqa boshladi.

1846 yil – Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.

 1853 yil – Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi (Bombay-Tanna 36 km).

1902 yil – Buyuk Britaniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi.

1906 yil – AQSh tarixida San-Fransiskoda kuchli zilzila ro‘y berdi.

1924 yil – Moskvada muntazam avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi.