Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kun tarixi: 20 iyun – taniqli kompozitor, sozanda va dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti Sayfi JALIL tavallud topgan kun

Sayfi Jalil (Jalil Jalilov) 1932 yil 20 iyunda Samarqand shahrida tug‘ildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. Ko‘p yillar o‘zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg‘u asboblari orkestrida sozanda va dirijyor, “Shodlik” ansamblida badiiy rahbari bo‘lib ishlagan.

Ijodini lirik qo‘shiqlar (“Kel, ertaroq”, “Ona yurtim” va boshqa), romanslar (“Ayt”, “Kechalar yulduz sanab” va boshqa), kamer-cholg‘u va orkestr pesalar, syuita va kvartetlardan boshlagan. Keyinchalik simfonik orkestr uchun “Toshkent manzaralari” (1966), “Qalam qoshligim” (1967) musiqali komediyasini yaratgan. “Navoiy Astrobodda” (1967, Yu. Rajabiy bilan) musiqali dramasi va ayniqsa, tanbur va o‘zbek cholg‘u asboblari orkestri uchun “Qalbimda” poemasi o‘zbek ananaviy bastakorlik uslubini yevropacha kompozitorlik ijodiyoti tamoyillari bilan uzviy uyg‘unlashtirishga erishgan. Shuningdek, bir necha simfoniyalar, “Zebuniso” (1986) va “Malikai ayyor” (1987) operalari, “Sharq freskalari” (1988) baleti muallifi. “Laqma”, “To‘linoy”, “Yulduzlar jamoli”, “Shayton muridlari”, “Kampir ketarmish” kabi asarlari bilan o‘zbek musiqali komediyasi va dramasi rivojiga katta hissa qo‘shgan.

2003 yil 11 fevralda Toshkent shahrida vafot etgan.