Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kunduzi chirog‘ini yoqib yurmagan haydovchilarga jarima solish boshlandi

Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart.

Kunduzi chirog‘ini yoqib yurmagan haydovchilarga jarima solish boshlandi.

MJtK 128-moddasiga binoan, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazolar:

  • birinchi marta - 101 ming 365 so‘m;
  • 1 yil ichida takroran - 202 730 so‘m ;
  • 2 martadan keyin 1 yil ichida takroran - 608 190 so‘m;
  • 3+ martadan keyin 1 yil ichida takroran - 810 920 so‘m jarima yoki olti oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish.