Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kuniga 2 dona banan salomatligingizga qanchalar foyda keltirishini bilasizmi?

Sog‘lom ovqatlanish doim ham mazzali bo‘lmaydi. Ammo bu bananga tegishli emas. Shu sababli ular organizmga qanchalar katta foyda ekanligini bilib qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi.

  1. Qon bosim normallashadi

Banan tarkibida 420 mg kaliy borligi sababli u yuqori qon bosimni tushiradi.

  1. Ortiqcha vazndan xalos etadi

Bananlar kletchatka (to‘qimalar)ga boy — shu sababli uni iste’mol qilgan odam ancha vaqt och qolmaydi.

Bananda mavjud kraxmal ishtahani ochmaydi va bu bilan vazn to‘plashning oldini oladi. Ushbu kraxmal qondagi qand miqdorini pasaytiradi.

  1. Kamqonlik xavfi kamayadi

Bananlarda temir moddasi ko‘p, bu esa eritrotsitlar ishlab chiqilishiga yordam beradi. Shuningdek bananlarda vitamin V6 mavjud u qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiladi.

  1. Ovqat hazm qilish yaxshilanadi

Bananlar oson hazm bo‘ladi. Shuning uchun gastrit, jig‘ildon qaynash va diareyadan keyingi ilk taom sifatida ham iste’mol qilinadi — ular sarflangan minerallarni tiklaydi.

  1. Stressni kamaytiradi

Bananlar kayfiyatni ko‘taradi. Ularning tarkibida triptofan mavjud, u organizmga serotonin («baxt gormoni»)ni yetkazib berishga xizmat qiladi.

Bananda 27 mg magniy mavjud. Ushbu mineral yaxshi kayfiyat bag‘ishlab, uyquni normallashtiradi.

  1. Vitaminlar yetishmovchiligini to‘ldiradi

Bananlar vitamin B6 ga boy. Bananda o‘rtacha V6 vitaminining 20 foiz kunlik me’yori mavjud. U organizmga insulin, gemoglobin va aminokislotlar ishlab chiqishga yordam beradi.

Banan tarkibida 15 foizini S vitamini tashkil etadi. Ushbu vitamin sog‘lom qon tomirlarini saqlab turishga yordam beradigan va kollagen ishlab chiqarishda ishtirok etadigan muhim antioksidant hisoblanadi.

  1. Quvvatni oshiradi

Banandagi kaliy mushaklarni tortishishdan asraydi, uglevodlar esa sport bilan shug‘ullanish uchun yetarli quvvat beradi.