Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kushxonalar faoliyatini o‘rganish boshlandi. DSENM xodimi faqat ogohlantiradimi?

Samarqand tumani Gulbog‘ mahallasidagi o‘rganishlar davomida Komil Ne’matullayev va Suxrob Mirzayevga qarashli go‘sht do‘koni ko‘zdan kechirilganda sotuvchining shaxsiy tibbiy daftarchasi to‘g‘ri yuritilmaganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi va go‘shtxonada maxsus ish kiyimida bo‘lmagan begona odamlar ham ishlayotganligi aniqlandi. Tuman veterinariya bo‘limi xodimlarining aytishicha, barcha go‘sht sotuvchilar o‘n kun oldin savdo qoidalari bo‘yicha ogohlantirilgan, ammo biz borganda sotuvchilarning aksariyatida maxsus ish kiyimi ham yo‘qligiga guvoh bo‘ldik.   Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Habibov esa hudud inspektori bo‘la turib, bu yerda go‘sht do‘koni borligidan bexabar ekan. Sotuvchilarning aksariyati go‘shtni qaysi kushxonada so‘yilganligini ham bilishmaydi.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: veterinariya xodimining vakolati  faqat ogohlantirish bo‘lsa, DSENM mas’uli esa mahsulot sifatini emas, qayerda  go‘shtxona borligina ham bilmasa, muammoga kim barham beradi? Axir bu tashkilotlar faoliyati inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar sotilishining oldini olish va tovarlar sifatini nazorat qilishga qaratilgan emasmi?

Abdurasul ASHUROV.