Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Lada” Yevropa bozoridan qaytdi

Yaqingacha Yevropaning tog‘lik hududlarida “Lada 4x4” va “Niva shevrolet”ni 12-15 ming yevroga sotib olishayotgan, “Vesta”ga ham talab katta edi. Birgina Germaniyaga 2018 yilda "Avtovaz" 5,3 mingta mashina sotgandi. Biroq 2019 yilda Yevropa bozorini tark etishga qaror qilindi. Nemis olib sotuvchilari Yevropa ittifoqiga yetkazib berilayotgan Rossiya mashinalarini yangilashni talab qildi. Biroq yaqin kelajakda bu ishni amalga oshishi gumon. "Avtovaz" YeI bozorining atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar normativi bo‘yicha Yevropa qonunchiligi talabi kuchaytirilishi tufayli tark etishga majbur bo‘ldi. Yengil atomashina uchun karbonad angidrid 95 g/kmdan oshmasligi kerak. Birorta “Lada” bu talabga javob bermaydi. Yangi ekologik talabga dvigatelni moslashtirish esa rentabelli emas.

Endi “Lada” uchun asosiy bozor – MDH, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasidir.

Bebaho donli ekin

Donli ekin sifatida sholi yer yuzi aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini ovqat bilan ta’minlayapti. Uning dong‘i shundaki, birorta ekin sholi singari zarur miqdorda hosil berolmaydi.

Sholi ko‘p ekiladi va mo‘l hosil yig‘ib olinadi. Buning sababi shundaki, u namlik yuqori, suv toshqinlari ko‘p bo‘ladigan, mavsumiy yomg‘irlar beomon yog‘adigan tropik mamlakatlarda gurkirab o‘sadi. Bunday ulkan hududlarda boshqa donli va dukkakli o‘simliklar yaxshi o‘smaydi yoki qurib qoladi, bu yerlarni tabiat sholi uchun yaratgan.

AQShda qashshoqlik yuqori

AQSh jahonda salkam jannat mamlakat hisoblanadi. Ammo keyingi 20 yilda qashshoqlikka mahkum amerikaliklar soni 40 million kishiga o‘sdi. Bu rasmiy ma’lumot mamlakatning bugun 13-14 foizi, muqobil hisob-kitoblarga ko‘ra esa 25 foizini tashkil qiladi.

Hukumat kam ta’minlangan oilalarni bepul ovqat, uy-joy, bolalar nafaqasi bilan ta’minlashga harakat qilmoqda, daromad solig‘idan ozod etilyapti. Biroq bular ijtimoiy norozilik va muammoga barham berishga yetarli bo‘lmayapti.

“AIF” (2020 yil, 27-28-sonlar)dan T.Murod tayyorladi.