Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Madaniyat xodimlari Ishtixondagi ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatdi

Samarqand viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi tizimidagi tashkilot va muassasalar jamoalari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda davom etayotgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida faol ishtirok etib kelishmoqda.
Viloyat madaniyat xodimlari tashabbusi bilan Ishtixon tumanidagi Gulobod, Odil, Minishkor va Qiyot mahallalarida istiqomat qiluvchi 6 ta kam ta’minlangan oilalarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.