Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Madina Muxtorovaning o‘g‘li haqiqatdan ham kaltaklanganmi? Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari vaziyatni nazoratga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li akasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar va video tarqaldi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, ushbu fakt O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor R.Jo‘rayev tomonidan nazoratga olindi. Hozirgi vaqtda Yunusobod tumani IIO FMB tergov oldi surishtiruvi o‘tkazmoqda.

Bundan tashqari, kecha, 3 yanvar kuni soat 19:15 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar IIBBga uch nafar ayollardan biri o‘zini Saodat Abduzakirova deb tanishtirib, o‘smirga tan shikastlari yetkazilgan fakti bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilishni talab qildi. S.Abduzakirova bilan Toshkent shahar IIBB qoshidagi tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik V.Talibjanov va tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Alimov suhbatlashdi. Ular mazkur holat bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi olib borilayotganligini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, ushbu holat ijtimoiy rezonansga sabab bo‘lganligi sababli 4 yanvar kuni soat 12.00 da Yunusobod tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limida jurnalist va blogerlar uchun brifing o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingan.