Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla kunida Navro‘z shodiyonalari

Samarqand shahar Quyi xo‘ja sahat mahalla markazida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan “Mahalla kuni” sayli o‘tkazildi.

Yuqori xo‘ja sahat, O‘rta xo‘ja sahat va Quyi xo‘ja sahat mahallalari aholisi ishtirok etgan tadbirda Navro‘zga xos an’ana va urf-odatlar, bahor taomlari, milliy sport o‘yinlari namoyish etildi. Samarqand harbiy gornizoni orkestri, 71 va 72-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari hamda “Registon yulduzi” va “Oltin bolaligim” xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sahna chiqishlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi,  Samarqand shahar 3-sonli musiqa maktabi «Zarb Samarqand» doirachilar ansamblining dasturi bayram ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

Mahalla markazidagi sport zalida milliy kurash, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha mahallalararo musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Bayram tadbirida Samarqand shahar hokimi F.Rahimov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov va boshqalar mahallalar ahlini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

 Turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.