Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahallaning bayram tadbiri to‘yga ulandi

Urgut tumanidagi Pochvon mahallasida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi M.Turdiyev ishtirok etib, mahalla ahlini eng ulug‘, eng aziz bayram bilan tabrikladi. Hudud obodligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarda faol ishtirok etayotgan mahalla faollari tuman hokimligi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari tuman bo‘limlarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbirida qishloqdagi ehtiyojmand oila farzandlari – Jahongirjon va Qurbonoylarning nikoh to‘yi ham o‘tkazildi. Mahalla ahli yordamida uyushtirilgan to‘yda yangi oila sohiblariga tuman hokimligi va boshqa tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Farzandlarimizning nikoh to‘yi eng ulug‘ bayram bilan birga o‘tkazilayotganidan juda xursandmiz, – deydi F.Tursunov. – Buning uchun mahalladoshlarimizdan minnatdormiz. O‘g‘lim va kelinim qishlog‘imizdagi eng namunali oilalardan biri bo‘lishini tilayman. 

M.Hasanov,

J.Nabiyev (foto)