Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahmudxo‘ja Behbudiy kim bo‘lgan?

O‘tgan asrning eng avvalida Samarqand ijtimoiy muhitida tezda ko‘zga tashlangan bu ziyoli madrasadan tashqari rus-tuzem maktabida dunyoviy ilmlarni, ayniqsa, xorijiy tillarni ham o‘rganib ulgurgan edi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy birinchi o‘zbek dramasi muallifi, birinchi milliy matbuot nashri muassisi va birinchi jurnal muharriri edi. Bundan tashqari, yangi maktab ochib ham ulgurgan.

“Teatr - ibratxonadur”, “Turkiston farzandlari uchun to‘rt – arab, turk, fors va rus tillarini bilmoq zarur”, “To‘y ma ma’rakalar chiqimi xalqimizni qashshoq qiladi” iboralari shu allomaga tegishli.

Behbudiy 44 yoshida shahid ketdi.

Bugun - 2 may kuni Samarqand viloyati jamoatchiligi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi hamda shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan 1913-1918 yillarda Behbudiy yashagan va tahririyat joylashgan binoga peshlavha o‘rnatish marosimida ishtirok etdilar.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi direktori, professor S.Karimov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi H.Normurodov, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari T.Nabiyev, yozuvchi N.Rahmat, Saidrizo Alizoda nevarasi F.Alizoda, allomaning nevarasi Shohruh Behbudiy to‘planganlar huzurida M.Behbudiy ibrati xususida gapirdilar.