Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Makarov pistoletini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

2019 yilning 7 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954 yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.