Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktab direktorlari xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlandi

Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish mahalliy xalq deputatlari Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumandagi 2-, 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga direktorlikka tavsiya etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, bo‘sh o‘rinlarga hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan ko‘rsatilgan maktab direktorlarining nomzodlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlov orqali tanlanadi. Maktab direktori lavozimiga nomzodlar ushbu tanlovda o‘zlarining maktablari faoliyatini keyingi uch yil ichida yuqori darajaga ko‘tarish dasturi bilan qatnashadi.

Sessiyada deputatlar Jomboy tumanidagi 2-maktab direktorligiga nomzodini qo‘ygan uch nomzodning biri - G‘ayrat Muratov hamda 15-maktab direktorligiga nomzodini qo‘ygan - Faxriddin Toshmurodovning 3 yillik dasturini tinglab, Kengash qarori bilan direktorlikka tavsiya etdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.