Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktablarda "burjuyka" pechlardan voz kechiladi

Ko‘pchilikka ma’lum, ayrim maktablarda o‘tgan asrdan meros bo‘lgan «burjuyka» rusumida pechlardan hamon foydalaniladi.

Bunday pechlar, avvalo, ma’naviy eskirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yoqilg‘i ko‘p sarflashi va tezda isimasligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Prezident Administratsiyasi rahbari boshchiligida Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilinganda ushbu masalaga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Shunga ko‘ra, ayni paytda Samarqand viloyat moliya boshqarmasi bilan birgalikda shahar va tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim ta’lim maktablari to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda.

Ikki oy muddatda viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash hamda ma’naviy eskirgan - “burjuyka” rusumidagi pechlarni yangi zamonaviy isitish tizimiga o‘tkazish maqsadida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyiha ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.