Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan fuqaro tezda aliment pullarini to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor N.S.dan undiruvchi M.S. foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu haqda Zarnews.uz saytiga Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi xabar bermoqda.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning doimiy yashash joyi ko‘zdan kechirilganda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan va ro‘yxatga olinmagan.

Qarzdor N.S.ning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi 2015 yilning yanvar oyidan shu kunga qadar jami 25 million 528 ming so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor aliment to‘lovlarini to‘lashi lozimligi va to‘lamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasiga ko‘ra ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida o‘ziga tegishli xulosa chiqargan qarzdor N.S. undiruvchiga 25 million 528 ming so‘m aliment puli va 4 million 354 ming moddiy ta’minot pullarini to‘lab berdi.