Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy bank banklar faoliyatiga oid qonunlarni bilmaydi(mi?)

2019 yil 5 noyabrda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov tomonidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Avsuski, qonunga kiritilgan o‘zgarishlar, sohadagi islohotlar haqida ma’lumot olish uchun Markaziy blank viloyat bosh boshqarmasidan deyarli ikki oydan buyon bir necha marotaba murojaat qilishimizga qaramasdan birorta javob ololmadik.

Shuningdek, boshqarmadan kreditlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi yuzasidan qilingan ishlar bo‘yicha ham ko‘p bora qilgan murojaatlarimiz besamar ketdi.

Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari xodimlari murojaatlariga shunchalik befarq bo‘lsa, fuqarolarning bank sohasidagi murojaatlariga qanday munosabat bildiradi? Yoki, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi banklar faoliyatiga oid qonunlardagi o‘zgarishlarni bilmaydimi?

O‘ktam XUDOYBERDIYeV.