Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy bank dollar kursi oshganini ma’lum qildi

Hafta boshida 1 AQSh dollari 8704.87 so‘m etib belgilangan edi.

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 10 avgustidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8882.00 so‘m so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining hafta boshiga nisbatan 177.13 so‘mga oshganini ko‘rsatadi.

Yevro kursi esa 6 avgustdagi ko‘rsatkichga nisbatan (259.80) o‘sib, 9928.30 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilib (+2.53) 136.38 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.