Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni faol harbiylarni rag‘batlantirdi

Markaziy harbiy okrugida xizmati davomida ilg‘or natijalarga erishgan 100 ga yaqin harbiylar hamda sport tadbirlarida faol qatnashgan keksa avlod vakillari rag‘batlantirildi.

Dastlab videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda okrug qo‘mondonligi, harbiy qismlar, Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi hamda Samarqand viloyatidagi mudofaa ishlari bo‘limlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shundan so‘ng saf maydonida Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlardan kelgan bir guruh harbiy xizmatchilar, shuningdek, nafaqaga chiqqan harbiylar va keksa avlod vakillariga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov tomonidan esdalik nishoni, qimmatbaho sovg‘a, pul mukofotlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.