Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Matbuot kotiblari faoliyati baholandi: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar va Bulung‘ur tumani hokimliklari axborot xizmatlari faoliyati e’tirof etildi

🎤 2020 yil sentyabr oyiga qadar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xulosalari asosida axborot xizmati rahbari lavozimiga rasman tasdiqlanib, faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi 125 nafar matbuot kotibidan 14 nafarining ish natijalari yuqori, 67 nafariniki o‘rta, 30 nafariniki qoniqarli, 17 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

🎥  Hokimliklar kesimida 190 nafar matbuot kotibidan 6 nafarining faoliyati yuqori, 7 nafariniki o‘rta, 117 nafariniki qoniqarli, 60 nafariniki esa past darajada, deb topildi. 16 nafar matbuot kotibi mazkur lavozim vakant bo‘lgani yoki matbuot kotibi 6 oydan kam faoliyat yuritgani sababli baholanmadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida axborot xizmatlari rahbarlarining faoliyati har yarim yilda o‘rganilib, baholanib kelinmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 2019 yil 3 oktyabrda Adliya vazirligi tomonidan 3187-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mezonlar asosida respublika darajasidagi 146 ta tashkilot va idoralar hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2020 yilning II yarim yilligidagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida axborot xizmati rahbari faoliyati ularning ish hajmi, ish faoliyati sifati, ish samaradorligi asosiy mezon qilib olindi.

O‘tgan yilning II yarim yilligida matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini baholash yondashuvlarida muayyan o‘zgarishlar kiritildi.

Jumladan, joriy baholashda tashkilotlar:

- Markaziy tashkilotlar;

- Vazirliklar;

- Davlat qo‘mitalari va qo‘mitalar;

- Agentliklar;

- Inspeksiyalar;

- Markazlar;

- Aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar;

- Boshqa respublika tashkilotlari;

- Uyushmalar;

- Mahalliy davlat hokimiyati organlari tarzida tasniflandi.

Shunga ko‘ra, har bir axborot xizmati rahbarining reytingi o‘zi taalluqli bo‘lgan yo‘nalish doirasida chiqarildi.

Tahliliy natijalarga ko‘ra, 2020 yil sentyabr oyiga qadar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xulosalari asosida axborot xizmati rahbari lavozimiga rasman tasdiqlanib, faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi 125 nafar matbuot kotibidan 14 nafarining ish natijalari yuqori, 67 nafariniki o‘rta, 30 nafariniki qoniqarli, 17 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

Shu bilan birga, Prezident qaroriga asosan barcha tuman va shaharlarda ham axborot xizmatlari tashkil etilgandi. Bu galgi reytingda birinchi marta tuman va shahar hokimliklari (jami 206 ta) faoliyati ham inobatga olindi. Hokimliklar kesimida 190 nafar matbuot kotibidan 6 nafarining faoliyati yuqori, 7 nafariniki o‘rta, 117 nafariniki qoniqarli, 60 nafariniki esa past darajada, deb topildi. 16 nafar matbuot kotibi mazkur lavozim vakant bo‘lgani yoki matbuot kotibi 6 oydan kam faoliyat yuritgani sababli baholanmadi.

Markaziy tashkilotlar yo‘nalishida Markaziy bank (A.Nazarov);

vazirliklar yo‘nalishida Adliya vazirligi (S.O‘rinboyeva), Ichki ishlar vazirligi (Sh.G‘iyosov), Xalq ta’limi vazirligi (L.Rustamova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.Sanayev);

davlat qo‘mitalari va qo‘mitalar yo‘nalishida Davlat soliq qo‘mitasi (Ye.Ismayeva), Davlat bojxona qo‘mitasi (N.Calomov);

agentliklar yo‘nalishida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (S.Zokirova), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (M.Ibodov);

aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar yo‘nalishida “Hududgazta’minot” AJ (M.Mametova), “O‘zkimyosanoat” AJ (M.Xaitova);

mahalliy davlat hokimiyati organlari yo‘nalishida Samarqand viloyati hokimligi (M.Mirzayev), Toshkent viloyati hokimligi (B.Qobulov) hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi (A.Sodiqov);

tuman va shahar hokimliklari yo‘nalishida Uchtepa tumani hokimligi (T.To‘rayev), Forish tumani hokimligi (R.Karimov), Jizzax shahar hokimligi (X.Rahimova), Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi (J.Nosirov), Bulung‘ur tumani hokimligi (A.Jabborov), Olmaliq shahar hokimligi (D.Ro‘ziyeva) axborot xizmati rahbarlarida 2020 yil ikkinchi yarmida axborotni zamonaviy, tezkor va keng qamrovli usulda ommaviy axborot vositalari orqali foydalanuvchilarga infografika, foto, audio, video va matn shakllarida, muayyan belgilangan vaqt oralig‘ida yetkazib berish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich aniqlandi.

Shu bilan birga, ushbu vazirlik, idora hamda tashkilotlarning axborot xizmatlari o‘z muassasasining faoliyati haqidagi axborotlarni rasmiy veb-sayt, mobil messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar bilan birga, xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishida ham yetakchilik qildi.

Aytish kerakki, o‘rganish davomida ko‘plab respublika tashkilotlari matbuot kotiblari faoliyati yo‘nalishlarini belgilangan mezonlar asosida tashkil qilishda ayrim muammo va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan holatlar ham aniqlandi. Xususan, olib borilgan o‘rganishlar tahlili 2020 yilning ikkinchi yarim yilligi mobaynida 29 nafar axborot xizmati rahbari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda onlayn efirlar berilmaganini ko‘rsatgan bo‘lsa, 55 nafar axborot xizmati rahbari tomonidan xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinmagan, 50 nafar axborot xizmati rahbari tomonidan muayyan axborot voqeligi munosabati bilan video formatida yoki matn shaklida rasmiy bayonot berilmagan.

Bundan tashqari, 8 nafar axborot xizmati rahbari faoliyati doirasidagi sohaga oid muammolarni yoritmagan, 23 nafar axborot xizmati rahbari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar haqidagi axborotni rasmiy veb-sayt, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish holati (tezkorligi) talab darajasida emas.

Tuman va shaharlar hokimliklarida esa tashkiliy masalalardagi kamchiliklar, axborotni yetkazib berishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanmaslik, qamrovning torligi, shuningdek, ishning tizimli olib borilmasligi kabi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.