Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maxsus karantin zonasidagi ko‘ngilli hamshirada koronavirus aniqlandi

O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq uyida hamshira bo‘lib ishlovchi ayoldan koronavirus infeksiyasiga gumonlanuvchi sifatida tahlillar olinganda, «musbat» natija aniqlangan.

Tug‘ruq uyi 7 iyun kuni profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazish uchun yopilgan.

Bemorning yashash xonadoni, u bilan birlamchi muloqotda bo‘lgan ishchi-xodimlar, oila a’zolari uy sharoitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Hamshiraning oila a’zolari ishlaydigan go‘zallik saloni faoliyati to‘xtatildi.