Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mehnat migrantlariga 10 million so‘mgacha mikroqarzlar beriladi

“Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4829-son, 15.09.2020 yil) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:

➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;

➖ mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;

➖ mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.