Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Messi – YeChLda yana bir rekord qo‘ydi

Xabaringiz bor, kecha tunda «Barselona» Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvida «MYu»ni mag‘lub etib (3:0), yarim finalga yo‘l oldi.

«Kamp Nou»da o‘tgan o‘yinda mezbonlar sardori Lionel Messi dubl qayd etdi. Umuman, YeChL doirasida ingliz klublari darvozasiga eng ko‘p golni argentinalik afsona urgan. U APL jamoalariga qarshi 32 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 24 ta gol muallifi bo‘lgan va bu YeChL rekordi sanaladi.

Messidan eng ko‘p gol o‘tkazgan ingliz klubi – «Arsenal»dir. Leo «to‘pchilar» darvozasiga 9 marta aniq to‘p yo‘llagan. Shuningdek, «Manchester Siti» 6, «Manchester Yunayted» 4 marta «Barsa» sardoridan gol qabul qilgan bo‘lsa, «Chelsi» undan 3 ta, «Tottenhem» esa 2 ta gol o‘tkazgan.