Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Metro qurilishida halok bo‘lganlarning oilalariga 100 million so‘mdan pul berildi

Bugun, Hukumat komissiyasining topshirig‘iga binoan Toshkent shahridagi Yunusobod metro liniyasi qurilish maydonchasida tuproqning o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar oilalarining har biriga 100 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, marhumlarning dafn marosimlarini tashkillashtirishga har tomonlama ko‘mak berish topshirilgan.

“Inson hayoti bebaho va yaqinlarini yo‘qotgan oilalarning ushbu tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarini hech qanday moddiy yordam qoplamaydi. O‘z nomimdan shuni va’da qilamanki, biz fojiali vafot etganlarning oilalari uchun munosib hayotni ta’minlash uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz.

Yuragim tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishdan qayg‘u va hamdardlikka to‘la. Xotiramizda mahrum bo‘lganlar har doim biz uchun o‘z yaqinlariga ko‘p yaxshiliklar qilgan haqiqiy qahramonlar bo‘lib qoladilar!”, deya "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xodimlari va o‘zi nomidan hamdardlik bildirgan jamiyat raisi