Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB 51 milliondan ortiq soliq qarzdorligini undirib berdi

Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Samvinpromtorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Samarqand tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 51 million 61 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Samvinpromtorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.

Qarzdor “Samvinpromtorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Shuningdek, mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochining dalolatnomasiga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat hududida joylashgan 4 dona har birining hajmi 15 tonna bo‘lgan emallangan maxsus ozuqaviy idishlar xatlanib, O‘zbekiston Respublirkasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi tushuntirilgan holda qarzdor “Samvinpromtorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatining vakiliga topshirilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Samvinpromtorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Samarqand tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 51 million 61 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.

Majburiy ijro byurosi

Samarqand tuman bo‘limi.