Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB Samarqand viloyati boshqarmasi nohaq(mi?)

Saytimizda joriy yilning 22 oktyabr kuni “Samarqand tumanidagi elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslarining firibgarligi fosh qilindi” sarlavhasi bilan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasining ma’lumotini e’lon qilgandik.

Ushbu maqolaga “Samarqand hududiy elektr ta’minoti korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori U.Jo‘rayev nomidan bildirilgan raddiyani oldik.

Unda shunday deyiladi:

“Ushbu axborot mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki Samarqand tumani “Do‘stlik” elektr ta’minoti korxonasining sobiq xodimi Rifat ismli shaxs 2018 yil 22 fevralda ishdan bo‘shaganligi sababli bugungi kunda ushbu korxonada ishlamaydi.

Bundan tashqari, axborotda ko‘rsatilgan voqea 2015 yil fevral oyida yuz bergan va hozirgi kunda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.

U.DJURAYeV,

“Samarqand HETK” AJ bosh direktori”.