Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Migrantlarga qaysi tumanda qancha kvartira qurilayapti?

Quyidagi infografika orqali bu uylardan xarid qilish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Joriy yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Oqdaryo, Samarqand, Paxtachi va Urgut tumanlarida xonadon ajratish belgilanmagan.

Aslida viloyatimiz bo‘yicha imtiyozli shartlarda 474 xonadon uchun mo‘ljallangan 20 ga yaqin ko‘p qavatli uy qurilishi mo‘ljallanmoqda.

Bunda 10 tumanda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz uchun 4 tadan 9 tagacha kvartiralar ajratiladi. Chet davlatlarda ishlayotgan hamyurtlarimiz uchun uchun eng ko‘p kvartira Payariq tumanida “Yangi hayot” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan ajratilgan. Bu yerda 9 nafar migrantlar uy-joy bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Past Darg‘om, Jomboy, Narpay, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan migrantlar uchun 8 tadan kvartira ajratiladi. Bulung‘ur, Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida esa 4 nafardan migrantlarga uyli bo‘lish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha imtiyozli davr — 1 yil belgilangan.

Kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.