Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mikroavtobusning motor qismi yonib ketdi

Toshkent shahrida 6 avgust kunidan 7 avgust kuniga qadar 6 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 4 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarning yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inni tashkil etgan.

Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shuningdek, 6 avgust kuni Yunusobod tumani, Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chasi “Farux Fayz” to‘yxonasi oldida, “Gazel” rusumli mikroavtobus motor qismi yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 10:24 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 10:25 da bartaraf etilgan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.