Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Milliy bankda nega tablo yo‘q?

Ayni kunlarda Qorasuv massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish boshlandi. Uyga talabgorlar erta tongdan Milliy bank Samarqand filialiga kelib, navbatga yozilmoqda. Bankda ish boshlangach, ya’ni soat 09:00 da ro‘yxatga yozilganlarga raqamli qog‘ozchalar berilmoqda. Ular ushbu raqam yordamida, navbati kelgach, to‘lovni amalga oshirishlari kerak.

Bankda to‘lovni qabul qilish uchun olti nafar bank xodimi xizmat qilmoqda. Ammo odamlarning ko‘pligi sabab kishilar soatlab navbat kutishga majbur bo‘lmoqda. Buning ustiga bankda tablo o‘rnatilmagan, qaysi raqam egasi qaysi bo‘limga borishi ogohlantirilmaydi. G‘ala-g‘ovur avjida, kimdir eshitadi, kimningdir navbati o‘tib ketadi. Kishilarning oltinga teng vaqti isrof bo‘layotgani hech kimni qiziqtirmaydi.

Qachon bizda ham chet ellardagidek banklarda tablo o‘rnatiladi? Qachon odamlar baqir-chaqir qilmasdan tabloda ko‘rsatilgan raqam bo‘yicha navbati kelganini tushunib, tegishli bo‘limga borib, pulini to‘lab ketadigan bo‘ladi?