Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Milliy haydovchilik guvohnomasini olish tartibi soddalashtirildi

Hukumat qarori (202-son, 09.03.2019 y.) bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikka (http://lex.uz/docs/3765833#3766684) qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:
• haydovchining imtihon varaqasi;
• milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
• tibbiy ma’lumotnoma;
• transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya’ni, 2020 yil 31 dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.