Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mol o‘g‘risiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 17 iyul kuni Samarqand tumani IIBga tumanning O‘zbekkenti mahallasida yashovchi T.G‘. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 16 iyul kuni soat 15:00dan 17:15ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning yer uchastkasidan bir bosh, bozor narxi 7 million so‘mlik qoramolini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan va molini topib berishda amaliy yordam so‘ragan.

Samarqand tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat Urgut tumani Chep qishlog‘ida yashovchi Q.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Q.A. ushbu molni Samarqand shahri hududiga olib kelib, o‘ziga tanish bo‘lmagan fuqaroga 7 million so‘m evaziga sotib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.