Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent narxi oshdi

2020 yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Patent narxi 2018 yilda 4500 rubl, 2019 yilda 5000 rubl bo‘lgan. Joriy yildan patent uchun oyiga 5350 rubl to‘lash lozim bo‘ladi.

Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2015 yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.

Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan byudjet daromadi 18 milliard rublni tashkil etgan.