Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Movarounnahr – sivilizatsiyalar chorrahasi

Turkiyaning ilmni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi va Usmonli ilmlar akademiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Movarounnahrda ilmiy hayot” mavzuida onlayn seminar tashkil etdi.

Seminarda Turkiyaning Hoja Ali, Anqara, Istanbul va Marmara universitetlari olimlari bilan bir qatorda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov “XVIII-XIX asrlarda  Buxoroda yozilgan fiqhiy asarlar tahlili” va markaz direktori o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar” mavzuidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Onlayn-muloqotda tarixchi, islomshunos va sharqshunos olimlar Movarunnahr tarixiga oid ilmiy izlanishlari, to‘plangan manbalar bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar tomonidan Movaraunnahr hududi nafaqat islom dini, balki barcha sohalar taraqqiyotida svilizatsilar chorrahasi bo‘lgani e’tirof etildi.

Markaz axborot xizmati.