Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MSK: Vafot etgan kishining deputatlikka nomzodlar ro‘yxatiga tushgani holati o‘rganilmoqda

Baxtiyor Nasimov facebook’dagi sahifasida 2 yil avval vafot etgan tanishini deputatlikka nomzodlar ro‘yxati orasida ko‘rib qolganini yozgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi ushbu holat bo‘yicha o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi:

"Markaziy saylov komissiyasi bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir necha yil oldin vafot etgan shaxsning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinganligi haqidagi taxminiy xabarlarga munosabat sifatida bu ma’lumotning haqqoniyligini tekshirish yuzasidan ish boshlaganini ma’lum qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi qisqa vaqt ichida jamoatchilikka tekshiruv natijalari haqida xabar beradi”.