Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mudhish YTH oqibatida bir yo‘lovchi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi

Toshkent IIBB Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida internet tarmog‘ida tarqalayotgan xabarlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

28 sentyabr kuni taxminan soat 22:30 da Bog‘ishamol ko‘chasida (“Metro” kafesining ro‘parasida) Toshkent viloyatilik 29 yoshli Dmitriy B. “Spark” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 969 AGA) boshqarish davomida hozirgi taxminlarga ko‘ra, qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, 22 yoshli T.A. boshqaruvidagi “Hyundai Tucson” (davlat raqami 10 009 XAA) avtomobiliga to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida “Spark” avtomobili haydovchisi, uning yo‘lovchilari bo‘lgan 30 yoshli Sergey B., 30 yoshli erkak (ismi aniqlanmoqda) va 35 yoshli Marat B., “Hyundai Tucson” haydovchisi va uning yo‘lovchisi 26 yoshli Yunus T.lar badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Shifoxonaga borish davomida Sergey B. hayotdan ko‘z yumdi.

Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergovoldi tekshiruv davom etmoqda.