Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muftiy Usmonxon Alimovning ukasi vafot etdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov vafot etdi. 

«Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning chekkan zahmatlari, tortgan dardlarini gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin", - deyiladi O‘MI matbuot xizmati xabarida.

Janoza namozi bugun, 12 iyul kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumani, Orlot qishlog‘idagi «Orlot» jome masjidida juma namozidan so‘ng o‘qiladi.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.