Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muholifat Belarus MSK e’lon qilgan saylov natijalarini tan olmadi

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayaning birlashgan muholifat shtabi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan e’lon qilingan saylov natijalarini tan olmadi. Bu haqida RIA Novosti nashri ma’lum qildi.

Biroz oldin 10 avgust kuni, Belarus MSK mamlakat prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko, 80.23 foiz ovoz bilan,  g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi. MSK hisobotiga ko‘ra, Tixanovskaya bor yo‘g‘i 9.9 foiz ovoz olgan.

Muholifat tomonidan bildirilayotgan noroziliklarga qaramasdan, Aleksandr Lukashenko nomiga, prezidentlikka qayta saylangani bilan xorijdan tabriklar kela boshladi. Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin birinchilardan bo‘lib Aleksandr Lukashenkoni saylovlarda qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.

“Xitoy hukumati va Xitoy xalqi nomidan, shuningdek, shaxsan o‘zim nomimdan tabrik va eng samimiy tilaklarni izhor etaman. Sizning rahbarligingiz ostida Belarus, davlat qurish ishlarida, yanada yorqin g‘alabalarga erishishiga ishonchim komil”, - deyilgan tabriknomada.