Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muhtoj bo‘lmaganlarga 101 milliondan ortiq pullarni tayinlagan mahalla raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, “A” MFY raisi X.G‘. tomonidan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo‘lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln. so‘m nafaqa pullari tayinlanib, shundan 31,6 mln so‘mi fuqarolarga asossiz to‘lab berilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 69,9 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.