Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muzey fondi arxiv hujjatlari bilan boyitiladi

SamDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyida davlat arxivi, shahar va tumanlardagi davlat arxivlari direktorlari, xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarni uyushtirishdan maqsad Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi va arxivlar xodimlarining hamkorligini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, ularning ko‘magida muzey fondlarini yangi xujjatlar bilan boyitishdan iborat. Tadbirda so‘z olganlar ana shular haqida batafsil fikr yuritdi, hali bu borada ishga solinmagan imkoniyatlar xususida to‘xtalishdi.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi direktori M.Muqimov va boshqalar bunday hamkorlik albatta, o‘zining ijobiy samarasini berishini ta’kidladi.

SamDU matbuot xizmati.