Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Namanganda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi (video)

Namangan viloyati Chust tumanining “G‘ova” qishlog‘ida “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirildi. Bu haqda ekologuz telegram kanalida xabar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat bilan bog‘liq video tarqaldi. Unda bir necha odamlar ayiqni o‘rab olgani aks etgan.

Xabarda aytilishicha, ayiq qishloqqa bostirib kirgach, odamlar uni xonadonga qamab, ovchilarni chaqirgan. Ovchilar esa uni otib o‘ldirgan. Ayiqning og‘irligi 250-300 kilogramm atrofida bo‘lgan.

Shuningdek, xabarda, yovvoyi hayvonlar hech qachon odamlar gavjum joyga bostirib kirmasligi, kirgan taqdirda ham ayiqni o‘ldirmay, ekologiya qo‘mitasi, ichki ishlar idolari vakillarini chaqirish kerakligi aytib o‘tilgan.