Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narkologlar: Spirtli ichimlik immunitetga noxush ta’sir qiladi, pandemiya davrida tavsiya etilmaydi

Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish koronavirus infeksiyasini nobud qilib, kasallik yuqishining oldini oladi, degan fikrlar noto‘g‘ri. Bu haqda «Doktor Isayev narkologik klinikasi» rahbari, narkolog Ruslan Isayev «Lenta.ru»ga ma’lumot berdi.

“Men o‘zim ham bunday «afsona»larni ko‘p eshitganman. Ammo bu hech qanday ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan, - deydi u. – Aksincha, mutaxassis-shifokor va biologlar alkogolning immunitetga, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishda noxush ta’siri haqida fikr bildirishmoqda».

Shuningdek, mutaxassislar tanada suv muvozanatini saqlash uchun spirtli ichimlik iste’mol qilishni cheklash zarurligini ta’kidlashadi. Sababi, COVID-19 bilan kasallanganda tana suv-tuz muvozanatini me’yorda saqlashi juda muhim. Shu sababli ratsionda sho‘r ovqatlar miqdorining kamaygani ma’qul.

Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh narkologi Yevgeniy Brun ham bu haqda "Gazeta.ru"ga o‘z fikrlarini bayon qildi.

“Axir o‘ylab ko‘ring, alkogol qanday qilib ovqat hazm qilish a’zosi orqali ko‘z, burun va nafas yo‘llarini, organizmni dezinfeksiyalashi mumkin? Tabbiyki, infeksiyani organizmga yuqishini to‘sib qololmaydi. Har qanday spirtli ichimliklar zaharli hisoblanadi va ahvolni yomonlashtirib, sog‘ayishni qiyinlashtiradi. Spirtli ichimliklarni tashqi dezinfeksiya maqsadida qo‘llash, ya’ni qo‘l yuvish uchun foydalanish mumkin. Ammo ularni pandemiya davrida iste’mol qilish tavsiya etilmaydi”, dedi Yevgeniy Brun.