Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda yana 4 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi

Narpay tumanida investitsiya dasturi asosida Salovat mahallasida 1-son, Alisher Navoiy mahallasida 13-son, Mustaqillik mahallasida 65-son hamda Yangiariq mahallasida «Obod qishloq» davlat dasturi doirasida 12-son MMT rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

  - Tumanimizda foydalanishga topshirilgan mazkur bog‘chalarda 380 nafar bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. To‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, - deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri v.b. Abduvohid Razzoqov.