Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Navoiyda kattaqo‘rg‘onlik 26 yoshli yigit jinoyatga qo‘l urdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1994 yilda tug‘ilgan, "Kattaqo‘rg‘on" MFYda yashovchi, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz I.I. 1960 yilda tug‘ilgan Karmana tumani M.Bahrom MFYda yashovchi, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi H.T.ga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat do‘konida o‘g‘irlik sodir etdi.

Qad etilishicha, I.I. do‘kon eshigi oldida bo‘lgan tosh orqali kirish eshigining shisha qismini sindirib, do‘kon ichkarisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va ushbu savdo do‘konidan narxi 620 ming so‘mlik turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvlarda ayon bo‘lishicha, fuqaro I.I. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni maqsad qilib, ushbu jinoyatga qo‘l urgan.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.