Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Neksiya 3" va "Matiz" avtomashinalarining ayanchli to‘qnashuvi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Xabaringiz bor, avvalroq Ibn Sino ko‘chasida ayanchli YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ushbu voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, 10 sentyabr kuni soat 07:30 larda Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Mir kovrov” savdo do‘koni qarshisidan o‘tuvchi yo‘lda haydovchi S.Z. o‘z boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya-3" rusumli 30 R 770 MA davlat raqamli avtomashinasi bilan Samaqand shahar Afrosiyob ko‘chasi tomondan Dahbet ko‘chasi tomonga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan haydovchi T.D. boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya" rusumli 30 717 TTF davlat raqamli avtomashinaning orqa chap burchagiga urilishi natijasida, o‘ziga qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi O.A. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli 30 667 TTE davlat raqamli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketib, mazkur avtomashina bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda “Matiz” rusumli 30 667 TTE davlat raqamli avtomashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1962 yilda tug‘ilgan O.G. avtomashina old oynasidan chiqib ketib, asfalt yuzasiga borib urilishi natijasida olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan shu kuni “Neksiya-3” rusumli 30 R 770 MA davlat raqamli avtomashina haydovchisi A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.