Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nobiometrik pasportning amal qilish muddati tugashiga 20 kun qoldi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligi (Nobiometrik) pasportining amal qilish muddati tugagunga qadar 20 kun qolgani haqidagi ogohlantirish bilan chiqdi.

Pasport o‘z vaqtida almashtirilmaganligi uchun jarima 3 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi. Bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘mni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti - O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini tasdiqlovchi, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbdirlar to‘g‘risida»gi Qarori 2015 yilning 14 dekabrida qabul qilingan.