Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Noqonuniy olib o‘tilayotgan madaniy boyliklar to‘xtatib qolindi

Yurtimiz sarhadlaridan madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga bo‘lgan urinish bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro A.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilagan 244 dona qadimiy tangalar hamda 2 dona tarixiy haykalchalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tanga va haykalchalar miloddan avvalgi III-II asrlarda zarb qilingani va ularning qiymati salkam 52 million so‘mni tashkil etishi aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.