Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nur-Sultondagi kafeda portlash yuz berdi - bir kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq odam jarohatlangan

Bu haqda 21 noyabr kuni shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 21 noyabr kuni tushdan keyin kafeda gaz balloni portlagani to‘g‘risida murojat tushgan. Portlash oqibatida oshxona qismidagi devorlar qulab tushgan. Qutqaruvchilar binodan 15 dona gaz ballonini olib chiqishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida bir kishi halok bo‘lgan.

“Turli tan jarohatlari olgan 33 nafar jabrlanuvchi shahar kasalxonalariga yetkazib borildi. Ayni vaqtda ularga birinchi yordam ko‘rsatilmoqda. Barcha tibbiy yordam to‘liq hajmda va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi”, deyilgan boshqarma bayonotida.