Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda 328 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam puli berildi

Mamlakatimizda pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi 1-sektorda 68 ta, 2-sektorda 85 ta, 3-sektorda 80 ta va 4-sektorda 95 ta jami 328 nafar ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 million so‘mdan jami 328 million so‘m moddiy yordam pullari ajratildi.

Tuman hokimi F.Zairov va sektor rahbarlari o‘zining hududidagi mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Ularning yashash sharoitlarini o‘rganib, yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bilan muborakbod etdi.